Bu haqda Politico xabar berdi.
Nashrning yevropalik anonim diplomatlarga va rasmiylarga tayanib yozishicha, ushbu tashabbus so‘nggi paytlarda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Italiya bosh vaziri Jorja Melonining Vladimir Putin bilan muzokaralarni tiklash chaqiruvlaridan keyin yuzaga kelgan. Fransiya va Italiya yagona vakil lavozimini qo‘llab-quvvatlagan va allaqachon bu masalada Yevropa Komissiyasining roziligini olgan.
Bryusselda AQSh Rossiya bilan Yevropasiz kelishuvga erishishi mumkinligi haqida xavotir mavjud. Yangi tayinlanadigan rasmiy Ukraina bo‘yicha Yevropa manfaatlarini turli muzokaralarda himoya qilishi kerak bo‘ladi. Vakillikka nomzodlardan biri sifatida Finlyandiya prezidenti Aleksander Stubb ko‘rilmoqda.