Eron harbiylari Isroilning tungi hujumiga ilk bor izoh berdi. Tehron, Xuziston va Ilom viloyatlariga zarba berildi. Hujum qaytarilgani, ammo "cheklangan zarar"ga olib kelgani aytilmoqda.
Hujum haqida Eron havo mudofaa kuchlari izoh berdi, deb xabar beradi Mehr agentligi. "Islom respublikasi rahbariyatining jinoiy va noqonuniy sionistik rejimga har qanday avanturistik harakatlardan tiyilish to‘g‘risida oldingi ogohlantirishlariga qaramay, Tel-Aviv rejimi Tehron, Xuziston va Ilom viloyatlaridagi bir qancha harbiy ob’ektlarga hujum qildi”, — deyiladi harbiylar sharhida.
Isroil mudofaa kuchlari avvalroq Eronga qarshi operasiya yakunlanganini e’lon qilgan edi. Hujum nishonlari Isroil hududini bombardimon qilish uchun ishlatilgan raketa zavodlari bo‘lgan. SAXAL operasiyani muvaffaqiyatli deb hisoblamoqda. Walla nashrining ma’lumotiga ko‘ra, hujumda Isroil harbiy-havo kuchlarining 100 dan ortiq samolyoti ishtirok etgan. Ayni paytda Suriyadagi harbiy ob’ektlar hujumga uchradi. Eron va Iroqdagi havo hududi yopiq.