Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsga o‘lim jazosiga hukm qilindi.
Bu haqda mamlakat sud tizimiga aloqador Mizan axborot agentligi xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, qatl etilgan shaxs Kurosh Keyvani bo‘lgan. Sud uni Erondagi maxfiy joylar haqidagi fotosuratlar va ma’lumotlarni Isroil razvedka agentligi Mossadga berganlikda aybdor deb topdi.
Tehron va Tel-Aviv o‘rtasidagi yillar davomida davom etgan noma’lum qarama-qarshilik fonida Eron rasmiylari ilgari Mossad bilan aloqada bo‘lganlikda va mamlakat ichidagi Isroil razvedka operasiyalariga yordam berganlikda ayblangan shaxslarga nisbatan bir nechta qatllarni amalga oshirgan.