Eron Isroil foydasiga josuslik va mamlakat razvedkasi bilan hamkorlik qilishda ayblangan ikki kishini qatl etdi. Bu haqda The Independent Eron davlat ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berdi.
Omid Behzod va Puriya Safvat Isroilga harbiy va xavfsizlik ob’ektlarining koordinatalari, shuningdek, fotosuratlar va boshqa razvedka ma’lumotlarini uzatganlikda ayblangan.
Tergovchilar ma’lumotlariga ko‘ra, ularning bu harakatlari o‘tgan yil iyun oyida mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar vaqtida va hozirgi keskinlik davrida sodir bo‘lgan.
Nashr ta’kidlashicha, Eronda milliy xavfsizlikka qarshi jinoyatlar uchun o‘lim jazosi qo‘llanishi keskin ko‘paygan.
Avvalroq Britaniyaning The Times nashri Eronda Mossadning josuslik tarmog‘i faollashgani haqida xabar bergan edi. Unga ko‘ra, Isroil razvedkasi Eronning oliy rahbari Mojtaba Xomanaiyning qayerdaligini aniqlashga urinmoqda.