Eron Inqilobiy gvardiyasi qo‘mondoni Husayn Salamiy shanba kuni Eron harbiy ob’ektlariga berilgan aviazarbalar ortidan Isroilni «achchiq oqibatlar» haqida ogohlantirdi, deb xabar bermoqda Tasnim agentligi.
Salamiyning aytishicha, Isroil hujum bilan «o‘zining dahshatli maqsadlariga erisha olmadi». U Isroilning G‘azo sektori va Livandagi Tehron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan harakatlar bilan qarama-qarshiliklarda «noto‘g‘ri hisob-kitob va nochorlik» belgisi deb atadi.
Isroil zarbasi 1 oktabr kuni Eronning raketa hujumiga javob bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida Inqilobiy gvardiya qo‘mondoni va mintaqaviy fraksiya yetakchilarining o‘ldirilishiga javob bo‘ldi.
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy to‘rt askarning o‘limiga sabab bo‘lgan Isroil hujumini «bo‘rttirib ko‘rsatmaslik va minimallashtirish kerak emas», dedi va buni Isroil tomonidan «noto‘g‘ri hisob-kitob» deb atadi.
Prezident Masud Pezeshkian Tehron «urushga intilmayapti», balki «millat va davlat huquqlarini himoya qilishini» ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron «sionistik rejimning tajovuziga munosib javob beradi».
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi «javob berish huquqini» tasdiqladi va Tehron Isroil hujumidan bir necha soat oldin «signal olgan»ini aytdi. AQShning Axios axborot sayti xabariga ko‘ra, Isroil zarbadan oldin «Eronga xabar yuborgan» va javob qaytarmaslik haqida ogohlantirgan.