Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Hormuz bo‘g‘ozi yopilganidan so‘ng ogohlantirish e’lon qildi.
Bu haqda IIQKning Telegram-kanalidagi bayonotda aytilgan.
"Isroilning Livandagi jinoyatlari va AQShning sulh majburiyatlarini buzgani sababli Hormuz bo‘g‘ozi barcha kemalar uchun yopiq", deyiladi bayonotda.
Unda kemalar Hormuz bo‘g‘oziga yaqinlashmasligi kerakligi ta’kidlangan. "Aks holda, ularning xavfsizligi xavf ostida qoladi", deb ogohlantirgan IIQK .