Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tadigan kemalarga tahdid qildi

A A A
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tadigan kemalarga tahdid qildi

Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Hormuz bo‘g‘ozini yopiq deb e’lon qildi va uni bosib o‘tishga urinish qilgan har qanday kemani hujum qilish bilan tahdid qildi.

Korpusning bosh qo‘mondoni katta maslahatchisi Ebraxim Jabari aytishicha, Agar kimdir o‘tishga harakat qilsa, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va odatiy flot kuchlari bu kemalarni yoqib yuboradi.”

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Telegram kanalida e’lon qilingan xabarda neft quvurlari ham himoya qilinadi va “hech bir tomchi neft hududdan chiqmaydi”, deb ta’kidlangan. Jabari bundan tashqari, “yaqin kunlarda neft narxi 200 dollarga yetadi”, deb yozgan.

Ma’lumot uchun, Hormuz bo‘g‘ozi Janubiy Fors ko‘rfazi mamlakatlari neftini eksport qilishda jahondagi eng muhim yo‘l hisoblanadi. Har kuni u orqali dunyo bo‘yicha eksport qilinadigan neftning kamida beshdan biri (taxminan 15 million barrel) va suyultirilgan tabiiy gaz o‘tib turadi.

Kiritildi: Bugun 15:35. O'qildi: 634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!