Mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi vakili Ibrohim Rizoiyning bildirishicha, Tehron kemalardan odatiy tartibda boj undirishni to‘xtatadi. Buning o‘rniga, Eron parlamenti "bo‘g‘oz xavfsizligini ta’minlash" bilan bog‘liq maxsus to‘lovlarni joriy etish ustida ishlayapti. Endilikda bo‘g‘oz yo‘lidan o‘tish faqat Eron hukumati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Rizoiy AQSh va Isroil harbiy kemalari uchun yo‘l yopiqligini, do‘st davlatlarnikiga esa oldindan ruxsat asosida yo‘l berilishini qayd etdi.
Shuningdek, Tehron bo‘g‘ozni boshqarishda Qo‘shma Shtatlarning ishtirokini qat’iyan rad etdi. Eron parlamenti a’zosi Mahmud Nabaviyan esa tijorat kemalari faqat to‘lov evaziga o‘tkazilishini va bu jarayon Livandagi tinchlikka bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.