Bugun 20 mart, 2026 yil, juma

КИР

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Eron tomonidan amalga oshirilgan zarbalar oqibatida Qatardagi 2 ta suyultirilgan gaz liniyasi va 1 ta GTL qurilmasiga zarar yetdi. Bu yiliga 20 mlrd dollargacha yo‘qotishlarga olib keladi", deya xabar bermoqda agentlik.

QatarEnergy kompaniyasi Italiya, Belgiya, Janubiy Koreya va Xitoy bilan tuzilgan shartnomalarda o‘zgarish bo‘lishini e’lon qilishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zarar yetgan uskunalarni ta’mirlash ishlari 3–5 yil davom etadi, Qatarning suyultirilgan gaz va boshqa mahsulotlar eksporti esa sezilarli darajada kamayadi.

Qatardagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz zavodiga berilgan zarbadan so‘ng Yevropada gaz narxlari 35 foizga oshdi. Yevropa bozorida gaz fyucherslari 1 ming kub metr uchun taxminan 854 dollargacha ko‘tarildi.

Kiritildi: 22:10 19.03.2026. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!