Eron Hormuz bo‘g‘ozidan Bab al-Mandebgacha va Fors ko‘rfazidan Qizil dengizgacha yangi "xavfsizlik kamari" yaratish rejasini e’lon qildi.
Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Quds kuchlari qo‘mondoni Ismoil Kaani ma’lum qildi.
"Qahramon Yaman xalqining o‘z vaqtida va qat’iyatli harakatlari qarshilik frontining aql-zakovatini namoyish etadi. Agar kerak bo‘lsa, boshqalar ham qo‘shiladi", dedi u.
Kaani Eron ittifoqchilarini nazarda tutib, Birlashgan Qarshilik Frontining barcha a’zolari chegara himoyasida ishtirok etishini aniqlik kiritdi.