Eronning Meksikadagi elchisi Abulfazl Pasandidegning so‘zlariga ko‘ra, Eron terma jamoasiga Qo‘shma Shtatlarga faqat o‘yin o‘tkaziladigan kunlari kirishga ruxsat berilgan va ular o‘sha kunning o‘zida mamlakatni tark etishlari shart.
Bu yilgi Jahon chempionatiga AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladi va turnir 11 iyunda boshlanadi. Eron terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha uchta o‘yinini Qo‘shma Shtatlarda o‘tkazishi kerak, FIFA ushbu o‘yinlarni Meksikaga ko‘chirish haqidagi taklifni rad etgan.
24 may kuni FIFA Eron terma jamoasining Jahon chempionati uchun bazasini AQShdan Meksikaga ko‘chirish haqidagi qarorni ma’qullagan edi.