Fors ko‘rfazi davlatlari tashqi ishlar vazirlari Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish bo‘yicha vaqtinchalik kelishuvni muhokama qilish uchun eronlik hamkasbi Abbos Arag‘chi bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Financial Times diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.
Ummon va Eron tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuv 14 sentyabr, dushanba kuni Ummonning qirg‘oqbo‘yi Salalah shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Nashrning xabar berishicha, Maskat va Tehron strategik muhim suv yo‘li orqali kemalarning o‘tishini tartibga soluvchi vaqtinchalik kelishuv uchun mintaqaviy davlatlarning qo‘llab-quvvatlashini ta’minlashga umid qilmoqda.
Eron harbiylari ilgari bo‘g‘ozdan ruxsasiz o‘tishga urinayotgan har qanday kemaga hujum qilinishi yoki sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.