Eron fevral oyi oxiridan beri ilk bor havo hududini va aeroportlarning bir qismini qayta ochdi.
«Mamlakat havo hududi va bir qator aeroportlar ochildi», — deyiladi Fuqaro aviasiyasi tashkilotining IRNA agentligi tomonidan keltirilgan bayonotida.
Ushbu qaror xavfsizlik holati baholanganidan so‘ng qabul qilindi. Idoraning aniqlik kiritishicha, cheklovlar 28 fevraldan buyon amal qilib kelayotgan edi. Havo hududining ochilishi tegishli NOTAM (aviasiya xodimlari uchun bildirishnoma) orqali rasmiylashtirildi.