Eronning Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi YEI mamlakatlarining Eronga nisbatan BMT sanksiyalarini tiklashga bo‘lgan urinishlariga javoban, MAGATE (Xalqaro atom energiyasi agentligi) bilan hamkorlikni vaqtincha to‘xtatishini e’lon qildi.
📍 Qaror Kengash raisi — Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyan rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda qabul qilindi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Yaqin Sharqdagi vaziyat va Isroilning tajovuzkor harakatlari;
Britaniya, Fransiya va Germaniya kabi 2015 yildagi yadroviy kelishuv ishtirokchilarining Eronga nisbatan BMT sanksiyalarini tiklashga bo‘lgan urinishlari.
🗣 Kengash bayonotida ta’kidlangan:
«Eronning hozirgi sharoitdagi siyosati — mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun imkon qadar hamkorlik qilishdan iborat. Biroq bir tomonlama bosimlarga nisbatan mamlakat o‘z milliy manfaatlarini himoya qiladi.»