Bu haqda Eron va G‘arbdagi manbalariga tayanib Reuters xabar berdi.
Bunga AQSh tomonidan Eron neft va neft mahsulotlarini sanksiyalardan ozod qilishga berilgan vaqtinchalik ruxsatnoma sabab bo‘ldi. Tehron va Vashington o‘rtasidagi 60 kunlik tinchlik muzokaralarining bir qismi bo‘lgan bu ruxsatnoma 22 iyun kuni berilgan. Uning muddati 21 avgustda tugaydi.
Biroq yaponiyalik xaridorlar bu muddatni uzaytirishni va kemalar xavfsizligini ta’minlashni talab qilmoqda. Erondagi manbalarga ko‘ra, Yaponiyaning uchta kompaniya Erondan xom neft sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, bu 2019 yildan buyon ilk xarid bo‘ladi.
2018 yilda AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy kelshuvidan chiqqan edi. Shundan so‘ng Tehronga qarshi sanksiyalar kuchaytirildi. Oqibatda Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston va Yevropa davlatlari Eron neftini sotib olishni to‘xtatgandi.