Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron dron hujumlaridan keyin BAAdagi yirik neft zavodi to‘xtatildi

 Eron dron hujumlaridan keyin BAAdagi yirik neft zavodi to‘xtatildi

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, BAA davlat neft kompaniyasi ADNOC Ruvaysdagi neftni qayta ishlash majmuasini yopgan. Bu qaror kompleks ob’ektlaridan birida Eron dron hujumi ortidan yong‘in chiqqani sabab qabul qilingan.

Ruvays majmuasi Abu-Dabidagi neft, gaz va kimyo sanoati korxonalari uchun asosiy markaz hisoblanadi.

Shu bilan birga, Exxon Mobil kompaniyasi rahbari Darren Vuds Yaqin Sharqdagi ishlab chiqarish ob’ektlaridan keraksiz xodimlar evakuasiya qilinganini aytdi. Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakati qiyinlashgani sabab ayrim operasiyalar qisqartirilgan.

Kiritildi: 21:51 10.03.2026. O'qildi: 340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!