Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron BRIKSga qo‘shilishni katta yutuq deb biladi

A A A
Eron BRIKSga qo‘shilishni katta yutuq deb biladi

Eron Majlisi (parlamenti) Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi a’zosi Mahmud Abboszoda Meshkini mamlakatning BRIKS va SHHTga qo‘shilishi prezident Ibrohim Raisi hukumatining muhim yutug‘i ekanini aytdi, deb yozadi IRNA.

Meshkinining aytishicha, Raisi hukumati avvalgi Ruhoniy hukumatidan farqli o‘laroq faol bo‘ldi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronning BRIKS va SHHTga kirishi va boshqa ba’zi xalqaro tashkilotlardagi asosiy roli Raisi hukumatining katta yutuqlaridandir.

Eron 2024 yilning 1 yanvarida BRIKSga to‘laqonli a’zo bo‘ldi.

Kiritildi: 20:05 18.03.2024. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!