Eron BMTdagi vakolatxonasi hujjatni “siyosiy maqsadga yo‘naltirilgan” deb atab, a’zo davlatlarni bosim ostida emas, adolat asosida qaror qilishga chaqirdi.
AQSh taklifida Erondan Ho‘rmuz bo‘g‘ozida hujumlar, minalash va noqonuniy yig‘imlarni to‘xtatish talab qilingan.
Shuningdek, minalar joylashuvi haqida ma’lumot berish va gumanitar yo‘lak ochishga ko‘maklashish ham ko‘zda tutilgan.
Eron esa yagona yechim harbiy harakatlarni to‘xtatish va dengiz qatnovini tiklash ekanini bildirmoqda.