Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Eron biz bilan muzokaralar olib bormoqda va ular buni juda xushmuomalalik bilan amalga oshirmoqda"

"Eron biz bilan muzokaralar olib bormoqda va ular buni juda xushmuomalalik bilan amalga oshirmoqda"

AQSh Prezidentining boshqa bayonotlari:

▪️Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmaydi; bu shart muhokama qilinmaydi. Ular buni tushunadilar. Garchi buni tan olishni istamasalar-da, ular buni qabul qiladilar. Ular sizga rozi emasliklarini aytishlari mumkin, ammo aslida ular buni 100 foiz — hatto 100 foizdan ham ko‘proq — qabul qiladilar.

▪️Qo‘shma Shtatlar harbiy harakatlarga to‘liq tayyor va dunyoda yaratilgan eng yaxshi qurol-yarog‘larga ega. Biroq, biz ulardan foydalanishga ehtiyoj tug‘iladi, deb hisoblamaymiz.

▪️Hammasi juda yaxshi ketmoqda. So‘nggi olti oy ichida biz birorta ham harbiy xizmatchimizni yo‘qotmadik.

▪️Bo‘g‘oz yopiq... Eron uchun yopiq.

▪️Harbiy harakatlar o‘ta zarurdek ko‘rinmayapti, ammo biz to‘liq tayyormiz va har qanday vaziyatda harakat qilishga shaymiz. Biz ushbu mojaroni hal qilish sari siljish kuzatmoqdamiz. Ishonchim komilki, u tez orada yakunlanadi. Harbiy nuqtai nazardan qaraganda, u aslida allaqachon tugagan.

▪️Biz shunchaki mavjud holatni (status-kvoni) saqlab turibmiz; bu asosan Eron bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlarning iltimosiga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

▪️O‘sha urush 1979-yilda boshlangan. Uni biz boshlamadik — ular boshlashdi. Kamida 75 000 nafar namoyishchi halok bo‘ldi. Eron — yomon joy. Men hech narsaga kafolat bermayman, ammo agar bizga qaytishga to‘g‘ri kelsa, biz to‘liq qurollangan holda jang qilishga tayyormiz.

▪️Venesuelaga kelsak: vaziyat to‘liq nazoratimiz ostida. Venesuela xalqi bizni yaxshi ko‘radi.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik