Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron Bahrayndagi AQSh harbiy ob’ektlariga zarbalar berilganini da’vo qildi

Eron Bahrayndagi AQSh harbiy ob’ektlariga zarbalar berilganini da’vo qildi

Eron kuchlari Bahrayndagi AQShning Shayx Iso harbiy bazasidagi muhim infratuzilmaga zarba berdi.

Bu haqda Eron armiyasi matbuot xizmati bayonot berdi.

"Operasiyaning 26-bosqichi doirasida Eron uchuvchisiz uchish apparatlari Bahrayndagi Shayx Iso bazasida AQSh armiyasiga tegishli elektr generatorlari, navigasiya tizimi va ma’muriy va orqa binolarga zarba berdi", deyiladi bayonotda.

AQSH-Eron mojarosining avj olishi 8 iyul kuni boshlandi. Vashington va Tehron o‘rtasida memorandum imzolanganidan beri birinchi marta AQSh kuchlari Eron hududiga bir qator hujumlarni amalga oshirdi. Buning sababi sifatida Hormuz bo‘g‘ozidagi savdo kemasiga qilingan hujum keltirildi.

O‘sha kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan sulhning tugashini e’lon qildi. Bunga javoban Tehron Bahrayn, Iordaniya, Qatar, Quvayt, BAA va Ummondagi AQSh nishonlariga hujumlar uyushtirdi.

29 iyul kuni Tramp AQSh Eronga zarba berishni davom ettirish niyatida ekanligini e’lon qildi.

Kiritildi: 09:40 31.07.2026. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!