Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Eron aviakompaniyasi sanksiyalar tufayli Yevropaga parvozlarini bekor qildi

Eron aviakompaniyasi sanksiyalar tufayli Yevropaga parvozlarini bekor qildi

Evroittifoqning Eron rejimiga qarshi yangi sanksiyalari ortidan Iran Air aviakompaniyasi Yevropaga parvozlarini bekor qildi, deya xabar beradi Euronews.

Tehron-Parij reysi bo‘yicha uchayotgan yo‘lovchilar Imom Xomeyniy aeroportidan Yevropa yo‘nalishlariga parvozlar bekor qilingani haqida SMS-xabar oldi. Keyinroq aeroport parvozlar bekor qilinganini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, dushanba kuni Yevropa Ittifoqi Iran Air, Mahan va Saha aviakompaniyalarini sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shib, Eron jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan yangi cheklovlar kiritgan.

O‘z navbatida, Iran Air, Mahan va Saha aviakompaniyalari bu borada hali rasman xabar berishmagan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston aviakompaniyalari Budapesht, Riga, Vena va Myunxenga reyslar ochishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 23:50 15.10.2024. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!