Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy ob’ektlariga rasman tan olinganidan ko‘ra kattaroq zarar yetkazgan — NBC News

Eron AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy ob’ektlariga rasman tan olinganidan ko‘ra kattaroq zarar yetkazgan — NBC News

Telekanal manbalariga ko‘ra, ularni tiklash uchun milliardlab dollar talab etiladi.

Ma’lum qilinishicha, 28 fevral kuni AQSh va Isroil harbiy amaliyotni boshlaganidan so‘ng, Tehron bunga zudlik bilan javob qaytarib, Yaqin Sharqdagi Qo‘shma Shtatlarga qarashli o‘nlab nishonlarga, jumladan, aviasiya angarlari, omborxonalar, uchish-qo‘nish yo‘laklari, sun’iy yo‘ldosh aloqa infratuzilmasi, radiolokasiya tizimlari va samolyotlarga zarbalar bergan. Natijada mintaqadagi AQSh harbiy bazalari “jiddiy shikastlangan”, yetkazilgan zarar esa “ommaga e’lon qilinganidan ancha kattaroq” bo‘lib chiqqan.

NBC News ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati xususiy sun’iy yo‘ldosh kompaniyalaridan o‘z bazalarining suratlariga kirishni yopishni so‘ragan, bu esa zarar miqdorini baholashni qiyinlashtirmoqda.

Qayd etilishicha, Pentagonning Yaqin Sharqdagi harbiy ob’ektlarning real holati haqida ma’lumot berishni istamayotgani, jumladan, Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan bir qator qonunchilarning ham noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:31. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!