The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, Eron AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalarida 228 ga yaqin ob’ektni shikastlagan yoki yo‘q qilgan bo‘lishi mumkin.
Nashr sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahliliga tayanib, angarlar, harbiy texnikalar, radarlar, omborlar hamda havo hujumidan mudofaa tizimlari zarbalar ostida qolganini xabar qilgan.
Qayd etilishicha, yetkazilgan zarar ko‘lami rasmiy Vashington tomonidan tan olinayotgan ma’lumotlardan ancha yuqori bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.