Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Eron AQShning dengiz qamali davom etsa, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta yopish bilan tahdid qildi

Eron AQShning dengiz qamali davom etsa, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta yopish bilan tahdid qildi

Agar AQSh dengiz qamalini davom ettirsa, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qaytadan yopib qo‘yadi. Bu haqda Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi manbasiga tayanib Tasnim agentligi xabar bermoqda.

«Agar dengiz qamali davom etsa, bu o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzish deb hisoblanadi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish yo‘li yopiladi», — deyiladi xabarda.

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi 17 aprel kuni mamlakat o‘t ochishni to‘xtatish vaqtida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochganini ma’lum qilgan edi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp esa, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilganiga qaramay, Eron portlarining qamali saqlanib qolishini bildirgan.

Kiritildi: 23:46 17.04.2026. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!