Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Qo‘shma Shtatlar Tehron va uning tinchlikparvar yadroviy dasturiga qarshi yolg‘on ayblovlarni tarqatish orqali BMT Xavfsizlik Kengashini suiiste’mol qilayotganini ma’lum qildi.
Bu haqda Eron missiyasining bayonotida Qo‘shma Shtatlar yadroviy quroldan foydalangan yagona davlat sifatida tinch aholi punktlari va infratuzilmasiga hujumlar, shuningdek, xalqaro huquqni buzadigan harakatlar uchun javobgar ekanligi aytilgan.
Tehron shuningdek, Vashingtonni noqonuniy dengiz blokadalari va mintaqadagi Isroil harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda aybladi.
Eron tomoni Qo‘shma Shtatlar "yana bir bor yolg‘on va dezinformasiya tarqatish orqali BMT Xavfsizlik Kengashi platformasidan suiiste’mol qilganini" ta’kidlab, "jinoyatchi va o‘g‘ri prokuror va sudya vazifasini bajaradi" deb qo‘shimcha qildi.