Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Gaz ballonlariga buyurtma berish endi faqat onlayn bo‘ladi

Gaz ballonlariga buyurtma berish endi faqat onlayn bo‘ladi

O‘zbekistonda 2026 yil 1 iyundan boshlab aholini maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash xizmati yangi tartibda amalga oshiriladi.

Endi xizmat faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi.

Yangi tartibga ko‘ra:
— ariza onlayn yuboriladi;
— ma’lumotlar 1 ish kunida tekshiriladi;
— 3 ish kunida joyiga chiqib o‘rganish o‘tkaziladi;
— ijobiy xulosa bo‘lsa, shartnoma tuziladi va hisobvaraq ochiladi;
— 12 ish kuni ichida 1 dona gaz balloni bepul yetkazib beriladi.

Ushbu xizmat asosan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmagan hududlarda yashovchi aholi uchun mo‘ljallangan.

Kiritildi: Bugun 16:53. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!