Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron AQShga mojaroni hal qilish bo‘yicha 14 banddan iborat taklif yo‘lladi — Tasnim

Eron AQShga mojaroni hal qilish bo‘yicha 14 banddan iborat taklif yo‘lladi — Tasnim

Hujjat AQShning avvalgi 9 bandlik taklifiga javob hisoblanadi. Unda ikki oylik sulh nazarda tutilgan edi. Eron esa kelishmovchiliklarni bir oy ichida hal etish, “e’tiborni sulhni uzaytirishga emas, balki urushni tugatishga qaratish” zarurligini ta’kidlamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron tomonining shartlari orasida quyidagilar bor:

— Xavfsizlik kafolatlari;

— Mintaqadan AQSh kuchlarini olib chiqib ketish;

— Eronga qarshi dengiz blokadasini bekor qilish;

— Tehronning muzlatilgan aktivlarini blokdan chiqarish;

— Eronga kompensasiyalar to‘lash;

— Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish;

— Barcha yo‘nalishlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlarni to‘xtatish;

— Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha yangi qoidalar joriy etish.

Tasnim'ning qayd etishicha, Tehron hozirda Vashingtonning rasmiy javobini kutmoqda. Shuningdek, Eron agar AQSh rejadan qoniqsa, kelasi hafta Pokistonda muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!