Reuters agentligining xabar berishicha, agar AQSh Eronning elektr stansiyalariga zarba bersa, Tehron Yamandagi husiylarga Bab al-Mandab bo‘g‘ozini yopish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Agentlik manbalariga ko‘ra, husiylar allaqachon Bab al-Mandab bo‘g‘ozi yaqiniga raketa va uchuvchisiz uchish apparatlarini joylashtirgan hamda buyruq kutayotgani aytilmoqda.
Reuters ta’kidlashicha, mazkur ma’lumotlar manbalarga tayangan holda tarqatilgan. Hozircha Eron rasmiylari va husiylar ushbu xabar yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
Bab al-Mandab bo‘g‘ozi Qizil dengiz va Aden qo‘ltig‘ini bog‘lovchi muhim xalqaro dengiz yo‘li bo‘lib, uning yopilishi jahon savdosi va neft tashuvlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.