Qo‘shma Shtatlar Hormuz bo‘g‘ozida navigasiyani buzganlik uchun javobgardir.
Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi ma’lum qildi.
Eron 1982 yilgi Dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilmagani va shartnoma qoidalariga rioya qilishga majbur emasligi ta’kidlangan:
"Eron qirg‘oqbo‘yi davlat sifatida Hormuz bo‘g‘ozida xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashish va harbiy suiiste’molliklarning oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rish huquqiga ega".
Dengiz transportidagi uzilishlar va ularning oqibatlari uchun javobgarlik Qo‘shma Shtatlar zimmasida ekanligi ta’kidlangan. "Mintaqada barqaror tinchlikka faqat Eronga qarshi tajovuzni to‘liq to‘xtatish, uning takrorlanmasligiga ishonchli kafolatlar berish va uning suveren huquqlariga to‘liq hurmat bilan erishish mumkin", deb ta’kidladi Doimiy vakolatxona.