Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron AQSh bilan tezkor aloqa kanali yaratilganini e’lon qildi

Eron AQSh bilan tezkor aloqa kanali yaratilganini e’lon qildi

AQSh va Eron o‘zaro anglashuv memorandumi bo‘yicha monitoring guruhi uchun operasion aloqa kanalini yaratmoqda.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiy Dohada Qatar, Eron va Pokiston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ikkita uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.

"O‘zaro anglashuv memorandumining mavjud kamchiliklarini rasman hujjatlashtirish, ularni muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilish uchun monitoring guruhi uchun ertaga qadar operasion aloqa kanalini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", dedi u.

Bundan tashqari, Eronning muzlatilgan aktivlari masalasi muhokama qilindi:

"Qatar rasmiylari, jumladan, Markaziy bank vakillari bilan uchrashuvlar davomida dastlabki 6 milliard dollarning bir qismini sarflash bilan bog‘liq ayrim masalalar muhokama qilindi. Mamlakatimiz tomonidan bildirilgan ehtiyojlarga muvofiq, zarur tovarlar sotib olinishi va Eronga o‘tkazilishiga qaror qilindi."

Kiritildi: 09:21 02.07.2026. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!