Eron AQSh bilan sulh tuzish davrida portlarga cheklovlarning yumshatilishidan foydalanib, 5-6 milliard dollarlik neftsotishga muvaffaq bo‘ldi. Taxminan 70 million barrel neft eksport qilindi, deb xabar beradi The Wall Street Journal sanoat tahlilchilariga tayanib.
WSJ iyun oyi oxiridan beri Malayziyaning sharqiy qirg‘og‘idagi suvlarga taxminan 20 ta Eron tankeri kela boshlaganini ta’kidlamoqda. Nashrning yozishicha, Tehron neftni Malayziya hududiy suvlaridan tashqaridagi boshqa kemalarga o‘tkazish orqali sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun tanish sxemadan foydalanmoqda.
Keyin neft Xitoydagi xususiy neftni qayta ishlash zavodlariga ham tashiladi. Tahlilchilarning fikricha, Osiyo suvlarida Eron kemalarining ko‘payib borishi yaqin kelajakda Tehron uchun bir necha milliard dollar qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin.
18 iyun kuni AQSh va Eron o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar va o‘q otishmalarini to‘xtatdilar. Mamlakatlar 8 iyul kuni qurolli to‘qnashuvni qayta boshladilar. AQSh Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalarga hujum qilishda ayblaganidan keyin sulh buzildi.