Eron AQSh bilan harbiy harakatlar qayta boshlanishi ehtimoliga qarshi yanada kuchli qurol-yarog‘ tayyorlagan.
Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rasmiy vakili Husayn Mohebi Defa Press agentligiga ma’lum qildi.
"Agar urush yana boshlansa, biz qo‘llaydigan qurollar, albatta, boshqacha bo‘ladi. Farq jangovar kallaklar avlodi, zarba aniqligi, raketalarning uchish masofasi yoki boshqa ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘lishi mumkin", — dedi Mohebi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron harbiylari o‘z imkoniyatlarini har kuni oshirib bormoqda hamda yanada aniq, vayronkor va texnologik qurol-yarog‘lar yaratish ustida ishlamoqda.