Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Javohir Sindorov "Sinquefield Cup—2026" turnirida qancha ishlab topdi?

Javohir Sindorov "Sinquefield Cup—2026" turnirida qancha ishlab topdi?


"Grand Chess Tour" turkumining muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan musobaqaning so‘nggi, 9-turida Sindorov qora donalarda amerikalik Uesli So bilan durang o‘ynadi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov AQShning Sent-Luis shahrida yakunlangan "Sinquefield Cup—2026" turnirini kuchli uchlikda yakunladi. Ushbu natija uchun shaxmatchi 42 ming 500 AQSh dollari miqdorida mukofot puliga ega bo‘ldi.

"Grand Chess Tour" turkumining muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan musobaqaning so‘nggi, 9-turida Sindorov qora donalarda amerikalik Uesli So bilan durang o‘ynadi. Partiya 44-yurishdan so‘ng yakunlangan.

So‘nggi turdagi barcha bahslar durang bilan tugagan. Natijada Uesli So va hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha 5,5 ochkodan jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni bo‘lishib olgan.

Chempionni aniqlash uchun ikki shaxmatchi o‘rtasida tay-breyk bahslari o‘tkazildi. Hal qiluvchi armageddon partiyasida Uesli So Praggnanandhani mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 475 ming 685 dollar bo‘lgan turnirda Uesli So va Praggnanandha 1- va 2-o‘rinlar uchun belgilangan mukofotlarni o‘zaro teng bo‘lib oldi. Shu tariqa So 87 ming 500 dollar, Praggnanandha esa 77 ming 500 dollar mukofot puliga ega bo‘ldi.

Javohir Sindorov va Germaniya vakili Vinsent Keymer esa 5 ochkodan jamg‘arib, 3- va 4-o‘rinlarni bo‘lishib oldi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, 3-o‘rin uchun 50 ming dollar, 4-o‘rin uchun esa 35 ming dollar mukofot belgilangan edi.

Biroq ikki shaxmatchi bir xil natija qayd etgani sababli ushbu o‘rinlar uchun ajratilgan jami 85 ming dollar ular o‘rtasida teng taqsimlandi. Natijada Sindorov va Keymerning har biri 42 ming 500 dollardan mukofot oldi.

Shu tariqa Javohir Sindorov "Sinquefield Cup—2026" turnirini bronza medali va 42 ming 500 dollarlik mukofot bilan yakunladi.

Kiritildi: Bugun 18:15. O'qildi: 805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!