Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Erkak o‘g‘lini 4 metrli timsohdan qutqarib qoldi

A A A
Erkak o‘g‘lini 4 metrli timsohdan qutqarib qoldi

Filippinning Balabak shaharchasi Palavan qishlog‘ida ota 15 yoshli o‘g‘lini 4, 5 metrli timsohdan qutqarib qoldi.

Alligator motorli qayiqda baliq oviga chiqqan o‘smirga to‘satdan hujum qilib qoldi. Onasi chinqiriq ovozini eshitib, uydan yugurib chiqadi va bir bahaybat timsoh o‘g‘lini suv tagiga olib jkirib ketayotganini ko‘rib qoladi. U darhol turmush o‘rtog‘ini uyg‘otdi. Ota esa qo‘liga qilich olib, o‘g‘liga yordamga shoshildi.

Bu vaqt oralig‘ida timsoh tinimsiz qarshilik ko‘rsatayotgan o‘smirni sayozlikka sudray boshladi. Paytdan foydalangan ota darhol timsohga tashlanib, o‘g‘lini qutqarib oldi va reptiliyaning ko‘ziga qilich tiqdi. Shundan so‘ng timsoh ularni tinch qo‘ydi.

Timsoh bilan olishuv chog‘ida ota o‘g‘lidan og‘irroq jarohat oldi. Ikkalasi ham shu zahotiyoq shifoxonaga yotqizildi.

news.rambler.ru

Kiritildi: 03:53 22.05.2018. O'qildi: 1445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik