Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Erevanda rossiyalik amaldorning Armanistonga tashrifiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Erevanda rossiyalik amaldorning Armanistonga tashrifiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Bugun Armaniston Milliy majlisi binosi yonida Rossiya Federasiya kengashi spikeri Valentina Matviyenkoning Yerevanga tashrifiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Armaniston OAVlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, aksiyani "Respublika uchun" partiyasi yetakchisi Arman Babajanyan boshchiligidagi g‘arbparast faollar guruhi uyushtirgan.

Babajanyan nutqi davomida Rossiyaga qarshi shiorlar aytdi. Polisiya vakili ishtirokchilardan haqoratomuz so‘zlarni ishlatmaslikni va tartibni saqlashni talab qildi. Babajanyan va polisiya zobiti o‘rtasida og‘zaki janjal kelib chiqqan va u qisqa janjalga aylangan — siyosatchining ovoz kuchaytirgichi musodara qilingan.

Shundan so‘ng namoyishchilar Rossiyaga qarshi plakatlarni ochib, sukut saqlagan holda aksiyani davom ettirdilar.

Eslatib o‘tamiz, Valentina Matviyenko Rossiya parlamenti delegasiyasi boshchiligida rasmiy tashrif bilan Yerevanga kelgan edi. Tashrif doirasida Armaniston Milliy Assambleyasi va Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Kiritildi: 14:15 06.06.2025. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!