Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Erdo‘g‘on va Makron mintaqaviy masalalarni muhokama qilishdi

Erdo‘g‘on va Makron mintaqaviy masalalarni muhokama qilishdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Turkiya yetakchisi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilgan. Erdog‘an Anqara va Parij o‘rtasidagi muloqotni kengaytirish munosabatlarga ijobiy hissa qo‘shishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasida ko‘plab sohalarda, xususan, mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlari mavjud.

Turkiya rahbari, shuningdek, Yevropa Ittifoqining (EI) Suriyaga qarshi sanksiyalari bekor qilinishi mutlaqo to‘g‘ri qadam ekanini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an, Turkiyaning Suriyani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini aytdi.

Turkiya davlati rahbari, shuningdek, XAMAS va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlab qolish va muammoning barqaror yechimini ta’minlash uchun choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Kiritildi: 00:20 08.02.2025. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!