Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on mamlakati Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarni qaytadan tashkil etishga tayyor ekanini bildirdi.
"Men yana bir bor tomonlarni Turkiyada jamlashga tayyor ekanimizni e’lon qilaman", — dedi u Anqarada bo‘lib o‘tgan NATO sammiti yakunlari bo‘yicha.
Erdo‘g‘on, shuningdek, Turkiya ilk boshidan boshlab muloqot va diplomatiya tarafdori bo‘lib kelganini ta’kidladi.