Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on PBS telekanaliga bergan intervyusida Anqara Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalasida YEI davlatlari kabi harakat qilishga majbur emasligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning dunyodagi o‘rni boshqacha va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning pozisiyasidan farq qiladi.
“Rossiya bizning eng yaqin qo‘shnilarimizdan biri va bizning tariximiz umumiydir”, - dedi Turkiya rahbari.