Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on "xohlovchilar koalisiyasi" yig‘ilishida uning mamlakati adolatli va barqaror tinchlikka tezda erishish uchun tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarini davom ettirishini ta’kidladi.
Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa boshqarmasi boshlig‘i Burhoniddin Duran X ijtimoiy tarmoqida yozdi.
Duran, Erdo‘g‘onning uchrashuvda tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar Istanbulda bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaganini va bu maqsadda Turkiyaning Ukraina va Rossiya bilan aloqalarini davom ettirayotganini bildirdi.
“Uchrashuvda Turkiya energetika va port infratuzilmasini qamrab olgan otashkesim tomonlar o‘rtasida keng qamrovli tinchlik kelishuvini muhokama qilish uchun qulay shart-sharoit yaratadigan tartibga solish mexanizmiga aylanishi mumkinligi haqidagi o‘z pozisiyasini bildirdi”, dedi Duran.