Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Erdo‘g‘on Istanbulda zilzilaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

Erdo‘g‘on Istanbulda zilzilaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Egey dengizi hududida tez-tez sodir bo‘layotgan zilzilalar tufayli Istanbul va mamlakatning boshqa viloyatlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.

Uning aytishicha, mahalliy ma’muriyatlar bu masalaga tegishli e’tibor qaratishlari va shahar muhitini o‘zgartirish loyihalari orqali shaharlarni ehtimoliy zilzilalarga tayyorlashlari zarur.

Turkiya shaharlarini, ayniqsa Istanbulni zilzilabardosh qilishdan boshqa chora yo‘q, dedi Erdog‘an.

Avvalroq muhandis-geofiziklar palatasining Izmir bo‘limi rahbari Sinandjan Ozicher Turkiyaning kurort mintaqasida, ayniqsa Izmirda vayron qiluvchi zilzila xavfi borligini, bu shahar Istanbulga qaraganda ko‘proq xavf ostida ekanligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 14:09 04.02.2025. O'qildi: 1188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!