Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on "ilk imkoniyatdayoq" Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazmoqchi ekanini bildirdi.
Siyosatchining aytishicha, AQSh rahbari bilan o‘tkazilgan avvalgi telefon suhbati "juda samimiy, samarali va do‘stona" bo‘lgan. Erdo‘g‘on, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar chuqur ildizlarga ega ekanini ta’kidladi.
"Biz ko‘plab masalalarni muhokama qilishimiz va bir qator qadamlar qo‘yishimiz kerak. Shu bois vazirliklarimiz Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar yo‘nalishini belgilaydigan uchrashuvimizni tayyorlash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda," - deya Erdo‘g‘onning so‘zlarini keltiradi manba.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh rahbariyati bilan uchrashuv tayyorgarligini olib bormoqda. Uchrashuv sanasi hali aniqlanmagan.