Evropa mamlakatlari Turkiya bilan hamkorlik qilish yo‘llarini izlamoqda.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng shunday dedi.
"Turkiyaning mudofaa sanoatiga qiziqish ortdi, buni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan Yevropaning eng yirik mudofaa ko‘rgazmasi bo‘lgan SAHA 2026 ga e’tiborning ortishi ham tasdiqlaydi", dedi u.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, ilgari Turkiyani e’tiborsiz qoldirgan mamlakatlar endi uning muvaffaqiyatlariga "hayratlarini yashira olmaydilar".
Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya mudofaa sanoati butun dunyoda tobora ko‘proq e’tibor va qiziqish ob’ektiga aylanib, ta’sirchan o‘sish dinamikasini namoyish etmoqda.