Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Erdo‘g‘on: "Ba’zi kuchlar hukumat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazmoqchi"

Erdo‘g‘on: "Ba’zi kuchlar hukumat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazmoqchi"

Ma’lum kuchlar Turkiyada hukumat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni buzishga harakat qilmoqda.

Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi parlament guruhi yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Mavqe vaqtinchalik, eng muhimi, odamlarning ko‘nglini qozonish ekanini ta’kidladi.

"Biz jamiyat bilan munosabatlarni mustahkamlashga harakat qilayotgan bir paytda, ayrim kuchlar ularni buzishga harakat qilmoqda. Ba’zilar biz turli niqoblar ortiga yashirinib, mamlakatimizdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanayotganlarning asl maqsadlarini fosh qilayotganimizdan xavotirda. Turkiya va uning xalqiga dushman doiralar bu kuchlardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalangan", - deya qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘on.

Kiritildi: 15:55 26.03.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!