Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng xalqqa murojaatida Armanistonga o‘z xavfsizligini qo‘shnilari bilan hamkorlikda qidirishni tavsiya qildi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda.
Erdo‘g‘onga ko‘ra, G‘arb davlatlari Qorabog‘ mojarosi bilan mintaqada yangi davr boshlanganini sezmayapti.
"Arman xalqi va uning rahbarlari xavfsizlikni minglab kilometr uzoqlikda emas, balki qo‘shnilari bilan tinchlik va hamkorlikda izlashlari kerak. Armanistonni gijgijlash orqali haq olganlar aslida armanlarga eng katta zarar yetkazishdi", — dedi Turkiya prezidenti.