Nashrning xabar berishicha, Turkiya sudi Istanbulning sobiq meri Ekrem Imomo‘g‘luni u Beylikduzu tumaniga rahbarlik qilgan davrdagi korrupsiya ishi bo‘yicha oqladi.
Ekrem Imomo‘g‘li va yana olti kishi ustidan ish 2023 yil yanvar oyida qo‘zg‘atilgan. Ayblovga ko‘ra, siyosatchi 2015 yilda Beylikduzu tumani hokimi lavozimida ishlagan chog‘ida tender natijalarini soxtalashtirishda ishtirok etgan. Buning ortidan esa unga uch yildan yetti yilgacha qamoq jazosi tahdid solayotgandi.
Sudlanuvchining advokati Nusret Yilmaz sud majlisida ayblov tomoni besh marotaba o‘tkazilgan sud jarayonlariga qaramay, hali ham ayblov xulosasini tayyorlamaganini tanqid qilgan.
"Sud Imomo‘g‘lv va Beylikduzu tumanining olti nafar sobiq xodimini jinoyat tarkibining aniqlanmagani sababli korrupsiya ishida oqladi", deyiladi xabarda.
Mart oyida Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi, muxolifat tomonidan 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod etib ko‘rsatilgan Istanbul meri Ekrem Imamo‘g‘li ham hibsga olingan edi. So‘nggi oylarda Turkiyada minglab odamlar ishtirokida muxolifat norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda, ularda Erdo‘g‘anning iste’fosi talab qilinmoqda.