Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashdi.
Bu haqda Turkiyaning Anadolu davlat axborot agentligi ma’lum qilgan.
"Turkiya rahbari Abbosni Anqaradagi prezidentlik majmuasiga kiraverishda kutib oldi. Erdo‘g‘an va Abbos Turkiya va Falastin davlat bayroqlari fonida zinapoyalarda birgalikda suratga tushishdi", - deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda Prezident Erdog‘an Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari so‘nggi quruqlik hujumlari bilan yangi bosqichga kirganini, buning nafaqat Falastinga, balki mintaqa barqarorligiga ham xavf tug‘dirayotganini Qatarga qilingan hujum ham isbotlaganini bildirdi.
Prezident Erdog‘an, shuningdek, Turkiyaning ustuvorligi G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va mintaqadagi gumanitar falokatga barham berish ekanini qo‘shimcha qildi. Bu masalalar Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida ko‘tariladi.
Kutib olish marosimidan keyin tomonlar yopiq eshiklar ortida muzokaralar olshib bordi. Uchrashuvda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ham ishtirok etdi.