Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Erdogan Zelenskiy bilan muloqotda Ukraina bo‘yicha muzokaralarni tiklashga chaqirdi

Erdogan Zelenskiy bilan muloqotda Ukraina bo‘yicha muzokaralarni tiklashga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogan Vladimir Zelenskiyni Ukraina bo‘yicha muzokaralar jarayonini davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda Turkiya yetakchisi devonining saytida xabar berilgan.

Nashrda qayd etilishicha, Erdogan va Zelenskiy telefon orqali muloqot qilganlar. Muloqot doirasida ular Turkiya-Ukraina munosabatlarini, shuningdek, mintaqaviy va global kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishdi.

Shuningdek, Erdogan Erondagi nizo Ukraina bo‘yicha tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarga to‘sqinlik qilmasligi kerakligini ta’kidladi.

Turkiya yetakchisi Qora dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi Turkiya uchun o‘ta muhim ekanligini alohida qayd etdi. Erdoganning qo‘shimcha qilishicha, Anqara tartibga solish jarayoniga barcha imkoni bor yordamni ko‘rsatishga tayyor.

Kiritildi: 23:39 10.03.2026. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!