Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan Eron atrofidagi mojaro kontekstida mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi.
Bu haqda Turkiya yetakchisining ma’muriyati ma’lumot tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, NATO kun tartibidagi masalalar, shuningdek, mintaqaviy va global voqealar yuzasidan fikr almashilgan. Prezident Turkiya mintaqadagi mojaro rivojlanishini diqqat bilan kuzatib borayotganini va barqaror tinchlikka erishish uchun diplomatiyaga imkon berish muhimligini ta’kidladi.
Erdog‘an, shuningdek, Anqarada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitiga tayyorgarlik davom etayotganini va Turkiya ushbu sammitga munosib mezbonlik qilishini bildirdi.
Ma’muriyatning qayd etishicha, Mark Ryutte o‘z navbatida NATO vaziyatni har tomonlama baholab, ittifoqchilarining xavfsizligiga hissa qo‘shishda davom etishini ta’kidlagan.