Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Erdog‘an Tramp bilan muzokara o‘tkazdi: Eron bilan sulh imkoniyati muhokama qilindi

Erdog‘an Tramp bilan muzokara o‘tkazdi: Eron bilan sulh imkoniyati muhokama qilindi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikasiyalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida yetakchilar mintaqadagi dolzarb voqealarni, xususan 8 aprel kuni kechqurun e’lon qilingan Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini muhokama qildi.

Erdog‘an sulh e’lon qilinganidan mamnunligini bildirib, so‘nggi 40 kun butun dunyo uchun juda og‘ir va murakkab bo‘lganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan ikki haftalik imkoniyat oynasidan samarali foydalanib, mustahkam tinchlik kelishuviga erishish va bu jarayonni izdan chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik muhim.

Shuningdek, Erdog‘an Turkiya bundan buyon ham mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini, bu borada do‘st va birodar davlatlar, avvalo Pokiston bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishini qayd etdi.

Kiritildi: 21:54 08.04.2026. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!