Er yuzida 66 soatdan beri uzluksiz davom etgan magnit bo‘roni nihoyasiga yetdi.
Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi bayonotida aytilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yakshanba kuni Yerda boshlangan magnit bo‘roni so‘nggidan oldingi quvvat darajasi – G4 darajasiga yetgan. "Magnit bo‘roni tugadi, geomagnit indekslar yashil hududga qaytdi", — deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Yerga yaqin hududlarda quyosh shamolining parametrlari shundayki, bo‘ronning qayta tiklanishi uchun deyarli hech qanday imkoniyat yo‘q.
O‘tgan hodisa 66 soat davom etdi va magnit bo‘ronining davomiyligi 69 soat bo‘lgan 2017 yil aprel oyidan buyon doimiy geomagnit buzilishlar va bo‘ronlarning eng uzun seriyasiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Yerdagi magnit maydonning buzilish darajasi besh qiymatli shkala bo‘yicha baholanadi. G1 zaif, G5 esa juda kuchli.